Yangiliklar

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN TIBBIYOTDA TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi 8 – A.Navoiy saylov okrugi deputati Ahmad Andayev tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda sohaga oid qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi.

Tadbir davomida tibbiyot hodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (№265-I, 29.08.1996) hamda “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni (№O‘RQ-393, 26.08.2015) mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda sog‘liqni saqlash tizimida shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish, fuqarolarga sifatli va halol tibbiy xizmat ko‘rsatish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan tibbiyot hodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3