Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLAR HAMKORLIGIDA BO'SH ISH O'RINLARI YARMARKASI TASHKIL ETILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari hamkorligida tumanda o‘zgacha tadbir bo‘lib o‘tdi. Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan, mard va jasur yoshlarimiz bandligini ta’minlash maqsadida "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tashkil etildi.

​Tadbirda tuman Kengashi deputatlari Xusan Abduvoxidov, K.Mamanova hamda boshqa tashkilot rahbarlari ishtirok etib, yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.

​✅ Yarmarkada:

​O'nlab korxona va tashkilotlar o'z vakansiyalari bilan qatnashdi.

​Xizmatdan qaytgan yoshlarga mutaxassisligi bo‘yicha ish yo‘llanmalari berildi.

​Tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lganlarga imtiyozli kreditlar va subsidiya masalalari tushuntirildi.

Slide 1 of 7