Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Bir mahalla - bir tashabbus"

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati, shahar Kengashi raisi M.Imomov hamda “Oqqo‘rg‘onlik” MFY masʼullari bilan birgalikda "Bir mahalla - bir tashabbus" asosida suhbat o‘tkazildi.

Unda, mahalladagi fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi hamda joriy yilning 13-14 mart kunlari "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!" shiori ostida o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etish hamda bu jarayonlarda mahalla fuqarolarini keng jalb etish choralarini ko‘rish kerakligi, ko‘chalarga manzarali va mevali daraxtlar ekish lozimligi taʼkidlandi.