Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Manzilli o‘rganish va amaliy nazorat — rivojlanish kafolati

Manzilli o‘rganish va amaliy nazorat — rivojlanish kafolati

Muborak tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi kotibiyat mudiri A. Qurbonov hamda tuman Kengashi deputati R.Begmatovlar tomonidan “Bobur” MFYda joylashgan “Shodlik” xususiy korxonasi faoliyati o‘rganildi.

🕯O‘rganish jarayonida korxonada 2024 yilda zamonaviy texnologiyalar asosida to‘qimachilik fabrikasi ishga tushirilgani, ishlab chiqarishda Germaniya va Turkiya davlatlarida ishlab chiqarilgan ilg‘or uskunalardan foydalanilayotgani qayd etildi. Mahsulotlar Turkiya, MDH davlatlari, xususan Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinmoqda.

📊Shuningdek, korxona qoshida tikuvchilik syexi ham faoliyat yuritib, asosan mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlangan. Bugungi kunda korxonada jami 175 nafar ishchi mehnat qilmoqda.

📈Uchrashuv davomida ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📌 Bunday manzilli o‘rganishlar hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 6