Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman Kengashi deputatlari va Qonunchilik palatasi deputati tomonidan xonadonlarga tashrif amalga oshirildi

Tuman Kengashi deputatlari va Qonunchilik palatasi deputati tomonidan xonadonlarga tashrif amalga oshirildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari hamda Qonunchilik palatasi deputati "Yangi kuch" mahallasidagi bir qator xonadonlarda bo‘lib, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish holati bilan tanishdilar.

Suhbatlar davomida aholiga tomorqadan qo‘shimcha daromad olish, sabzavot va mevali ekinlarni ekish, issiqxona tashkil etish hamda agrotexnik talablarga rioya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Tomorqadan unumli foydalanish – oila farovonligi va bozorlarimiz to‘kinligining muhim omili ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 1