Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahallada ochiq hisobot va muloqot

Mahallada ochiq hisobot va muloqot

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi raisi Baxodir Axmadjonov va hudud deputati Axrorbek Erkaboev ishtirokida Satkak mahallasi da fuqarolar faollari bilan ochiq hisobot va muloqot yig‘ilishi o‘tkazildi.

🔹 Yig‘ilishda 2025-yilda mahallada amalga oshirilgan ishlar va 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan masalalar tinglandi va ularni samarali hal etish yo‘llari muhokama qilindi.

🔹 Deputat Axrorbek Erkaboev joylarda bevosita muloqot va murojaatlarni hal qilish ahamiyatini ta’kidlab, mahalla yettiligi faolligini oshirish zarurligini qayd etdi.

🔹 Ushbu yig‘ilish mahalla aholisi bilan yaqin aloqa o‘rnatish, dolzarb masalalarni aniqlash va hal etish hamda mahalla infratuzilmasini va ijtimoiy xizmatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Telegram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 4