Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar yuzasidan joylarda tizimli targ‘ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.Mazkur jarayon doirasida Jalaquduq tumanidagi 8-umumta’lim maktabida Xalq
deputatlari tuman Kengashi deputati B.Bazarova tomonidan ochiq muloqot shaklida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.Tadbir davomida Senat yalpi majlisida muhokama qilingan qonunlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan qarorlar, ta’lim tizimini takomillashtirish, yoshlar bilan ishlashni kuchaytirish hamda aholini ijtimoiy himoya qilishga doir vazifalarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.Ochiq muloqot jarayonida o‘qituvchilar va yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va fikr-mulohazalarini bildirdilar.