Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashi, 25-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati A.Axmadaliyev Qashqarlik MFY hududida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla hududidagi mavjud muammolar, jumladan, infratuzilma, ichki yo‘llar holati, ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy soha hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariv muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.
Deputat va saylovchilar uchrashuvi davomida aholi muammolari tinglanib joyida tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda muammolar bartaraf etildi.