Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman Kengashi deputati mahalladagi xotin-qizlar faolining, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borayotgan faoliyatini o‘rgandi.

Mahalliy Kengash deputatlari 13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova o‘rganish jarayonida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash hamda muammoli oilalar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada tadbirkorlikka qiziquvchi ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, ularni ish bilan ta’minlash, yosh qizlarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berilib, ishlarni tizimli ravishda davom ettirish ta’kidlandi.

Slide 1 of 1