Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi hamda Gurlan tuman Huquqiy maslahat byurosi (“Madad” nodavlat notijorat tashkiloti) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik.

Ushbu hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputatlari hamda “Madad” NNTning Gurlan tumani vakili bilan birgalikda aholiga bepul huquqiy maslahatlar ko‘rsatish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Tomonlar kelgusida aholining huquqiy muammolarini tizimli hal etish, murojaatlarga tezkor va sifatli yondashuvni ta’minlash hamda manzilli huquqiy yordam ko‘rsatish borasida yaqin hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Slide 1 of 3