Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

25-Yuksalish saylov okrugi deputati tashabbusi bilan Uchqun MFYda PQ-330 ijrosi o‘rganildi

25-Yuksalish saylov okrugi deputati tashabbusi bilan Uchqun MFYda PQ-330 ijrosi o‘rganildi

✅ 25-Yuksalish saylov okrugi deputati, Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri Ubaydullayev Nosir Qodirovich tomonidan Namangan shahar Uchqun MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” PQ-330-son qarori asosida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mablag‘larning bir qismi mahallada elektr infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirilib, 195 ta elektr ustuni hamda 2 ta transformator o‘rnatilgani aniqlandi. Qolgan mablag‘lar hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari uchun rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

❗️Amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi, ularning sifati va amaldagi holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, MFY hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham nazoratga olindi.

Slide 1 of 7