Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DMTT faoliyatiga deputat tomonidan baho berildi

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati G.Raximova tuman hokimligi mutasaddilari hamrohligida tumandagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi.

O‘rganish davomida bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, oshxona va tibbiyot xonalarining holati hamda binoning mavjud imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Deputat va hokimlik vakillari tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim olishi va sog‘lom ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan tavsiyalarni berib, soha vakillari bilan muloqot qildilar.

Slide 1 of 4