Tashrif doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Yakubov Shuhrat Ummatalievich “Mustaqillik” mahallasidagi "Hayot maktabi"ni ham ko‘zdan kechirdi.
Mehmonlar mazkur maskanda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, kasb-hunar o‘rgatishga qaratilgan kurslar hamda amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
Ta’kidlanganidek, “Hayot maktabi” yoshlarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy ko‘nikmalar, hayot uchun zarur bo‘lgan hunarlarni o‘rgatish orqali ularning kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
Tashrif davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularni kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, shuningdek, sog‘lom, faol va mehnatsevar avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan taklif va fikrlar almashildi.