Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan Yangiyo`l shahar Faravon MFY hududidagi boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o`rganildi.

#deputatlik_faoliyati 

💠Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati S.Shamsiyev tomonidan Yangiyo`l shahar Faravon MFY hududidagi boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o`rganildi.

💠Yangiyo‘l shahrida aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish, turar joylar va mahalla atrofini obodonlashtirish maqsadida deputat tomonidan xomiylik hissasi bilan bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

🔺Ikkita ko‘p qavatli uy podyezdlarida ta’mirlash ishlari xomiylik hisobidan amalga oshirilmoqda. Devorlar bo‘yaldi, yoritish vositalari yangilandi va kirish eshiklari ta’mirlandi. 

✔️Aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida o‘nta besedka (soyalik) xomiylik hisobidan qurilib, zamonaviy ko‘rinishda jihozlanmoqda.

🔺Mahalla hududida o‘n beshta o‘tirgich olib kelinib, ko‘p qavatli uylar atrofiga va bolalar maydonchalari yoniga o‘rnatilmoqda. Bu ishlar ham deputat S.Shamsiyev tomonidan xomiylik hisobiga amalga oshirilmoqda.

💠Barcha ishlar mahalla aholisi bilan hamkorlikda, ularning taklif va fikrlaridan kelib chiqib tashkil etilmoqda. Bu orqali jamoaviy mas’uliyatni kuchaytirish va fuqarolar faolligini oshirish ko‘zda tutilgan.

🔹Ushbu amaliy ishlar natijasida “Farovon” mahallasida yashovchi aholining turmush sharoiti yaxshilanishi, yashash muhiti yanada qulay va farovon bo‘lishi kutilmoqda.

https://t.me/TV_Kengash

Slide 1 of 4