Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Murojaatlar bilan ishlash davom etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash va fuqarolarni rozi qilish – deputat e'tiborida.
янв.21
Avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
Kengash qaror ijrosi joyida o'rganildi.
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishida Kengash qarori ijrosi va navbatdagi sessiya masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati va moddiy yordam tayinlanishi o‘rganildi.
янв.21
Yoshlar yutuqlari e’tibor markazida
янв.21
G‘OZG‘ON SHAHRIDA GIYOHVANDLIK VA KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI TARG‘IBOT TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining o'ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida hududlardan saylangan Oliy Majlis senati a’zolari, deputatlar, tashkilot va boshqarmalar boshliqlari ishtirokida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining o'ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.

Kun tartibida ""2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi"ga kiritilishi mo‘ljallangan ob’ektlar (loyihalar)ning dastlabki manzilli ro‘yxatining muhokamasi to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarorining viloyatdagi ijrosi yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida"gi kabi dolzarb qaror loyihalari deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

Sessiya ishida jami 15 ta masala deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi va bir ovozdan ma'qullandi.

Sessiya ishi "Surxondaryo" televideniyesi orqali to'liq shaklda efirga uzatildi.

Slide 1 of 11