“XOTIRA-ABADIY, QADR-MUQADDAS!”
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Allanova Gulbahor Eskabulovnaning tashabbusi bilan tumandagi
18-umumiy o‘rta ta'lim maktabida 7-may kuni “Nuroniylar maskani” otaxon va onaxonlari hamda harbiylar ishtirokida yuqori sinf o‘quvchilari bilan birgalikda “XOTIRA-ABADIY, QADR-MUQADDAS!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmonlar tomonidan o‘quvchilarga Vatanni
sevish, ardoqlash, uni har bir sarhadini ko‘z qorachig‘idek asrash barchamizning muqaddas burchimiz ekanligi aytib o‘tildi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.