Yangiliklar

Dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tuman dehqon bozorida oziq-ovqat va sabzavot mahsulotlarining sotuvdagi narxi hamda saqlanishi bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar. 

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra dehqon bozori rastalarida paxta yog‘ining bir litri 12000-13000 so‘mdan, kungaboqar yog‘ining bir litri 14000-15000 so‘mdan, shakar 13000-14000 so‘mdan, tuxum 600-1000 so‘mdan savdoga chiqarilganligi, kartoshka 3300-4500 so‘mdan, piyoz 1500-2500 so‘mdan, 1 kg mol go‘shti 60000-80000 so‘m, 1 kg qo‘y go‘shti 80000-90000 so‘mdan, 1 kg parranda go‘shti (tovuq) 15000-35000 so‘mdan sotilayotganligi aniqlangan.  

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar, tijorat do‘konlaridagi mahsulotlar narxlarini xaridorlarga ko‘rinarli qilib yozib qo‘yish, sanitariya normalariga e’tibor qaratish bo‘yicha bozor rahbariyatiga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 8