Yangiliklar

Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida tuman hokimi, tuman Kengashi raisi S.Berdiqulovning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimi, tuman Kengashi raisi S.Berdiqulov, Xalq qabulxonasi, hokim o‘rinbosarlari hamda tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda fuqarolardan 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Aksariyat murojaatlar fuqarolar va yoshlar bandligini ta’minlash, kadastr, subsidiya, ta’lim krediti, turli moddiy yordamlar olish va uy-joy ta’miri yuzasidan so‘ralgan amaliy yordamlardan iborat bo‘ldi.

Tuman rahbari fuqarolarning barcha murojaat va takliflarini batafsil tinglab, muammolarning qisqa fursatlardagi yechimi yuzasidan mutasaddilarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalarni berdi hamda tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Yana bir qator murojaatlar bo‘yicha shu joyning o‘zida tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Slide 1 of 1