Xalq deputatlari Paxtachi tuman Kengashi deputati Abdullayeva Surayyo G'aybullayevna O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2024- yil 4-apreldagi "Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarining "Mahalla yettiligi" bilan o`zaro hamkorligini yo`lga qo`yish chora-tadbirlari to`g`risida"gi KQ-706-IV-sonli qaror ijrosi yuzasidan tumanning Hayit Elbegi mahallasini o`rgandi.
O`rganish jarayonida davlatimiz Prizedenti Sh. Mirziyoyev tomonidan yurtimiz aholisining bandligini ta'minlash aholi daromadlarini oshirish, bu borada tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish hamda joriy yilning 16-aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yoqilg`i energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida"gi 204-sonli qarorining mazmun-mohiyati to`g`risida to`xtalib o`tdi.