Yangiliklar

Sayyor qabul

    Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2024-yil 23-apreldagi 6-115-77-10-136-K/24-sonli qaroriga asosan, “Tovoqsoy” MFY hududida 16-“Tovoqsoy” saylov okrugidan saylangan deputat M. Kurganova, tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari A. Boymirzayev hamda “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish,muammolari
yechish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
  

- Qabul aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kreditlar ajratish, mahalla hududini bodonlashtirish, moddiy ko‘mak, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklar va boshqa masalalar yechimi xususida bo‘ldi. 

- Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.  

Slide 1 of 4