Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati B.Narzullayevaning Gʻo‘bdin qishlog‘ida aholi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari "BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘GʻRISIDA"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-139-son Qonunining tumandagi ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputati S.Konkelov o‘z saylov okrugida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni o‘rganish maqsadida Mulkush mahallasida bo‘ldi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlarining deputatlik so‘rovlari ijobiy yechim topdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari doirasida tumandagi 2-sonli texnikum faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov o‘z saylov hududida joylashgan 62-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ushbu ta’lim muassasasining sport zalida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
G‘allaorol tumanida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Jamoatchilik nazorati
Sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish — umummilliy harakatga aylanadi

 Prezidentimiz 2024-yil 20-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy
tarbiya va sportni ommalashtirish masalasiga alohida to‘xtalib, ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi.
 

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, uning keng targ‘ibotini ta’minlash masalasi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, u umumjamiyat harakatiga aylansagina natijaga
erishiladi. Shundan kelib chiqib, kyeyingi yillarda aholi salomatligini saqlash, xalqimiz o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish
borasida parlament palatalari tomonidan ham ta’sirchan chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
 

Xususan, ushbu masalaga fraksiyalar, qo‘mitalar, komissiyalarning yig‘ilishlarida, saylovchilar bilan uchrashuvlarda alohida e’tibor qaratilib, samarali parlament
nazorati olib borilmoqda. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari hayotiy ehtiyojlardan kelib chiqib takomillashtirilmoqda.
 

Davlatimiz rahbarining bu borada ilgari surgan tashabbuslari asosida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi tomonidan “Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha xalq deputatlari viloyat Kengashi uchun tavsiyalar” ishlab chiqilgan. 

Tavsiyalarni ishlab chiqishda aholi salomatligini muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlariga, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sohaga oid tahlillariga alohida e’tibor qaratildi.
 

Ushbu tavsiyalarda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, hududlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning
holati yuzasidan mutasaddi idoralar rahbarlarining axborotini mahalliy Kengashlar sessiyalarida muntazam ravishda eshitib borish, sohada
olib borilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, targ‘ibot tadbirlariga keng jamoatchilikni jalb etish kabi vazifalar nazarda tutilgan. 

2025-yil 10-aprel kuni xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdagi yig‘ilishida ayni masala atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilishda hududga biriktirilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Palataning Mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Muxtorova Nazira Abdusattarovna hamda qo‘mitasi a’zosi Astanoqulova Ra’no Xursanovna ishtirok etdi. 

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilib, mazkur soha tubdan isloh qilinmoqda. 

Sohaning huquqiy asoslari takomillashtirilib, o‘tgan davrda qator qonunlar, mamlakatimiz Prezidentining sohaga oid 80 dan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Davlat byudjetidan Sport sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar 15 karra oshirildi. Ushbu mablag‘lar 2017-yilda 7.4 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilda 95.3 mlrd so‘mga yetdi, 2025-yilda esa 111.8 mlrd so‘m ajratildi. Sport obyektlarini rekonstrusiya ishlari uchun mablag‘ 9,5 mlrd. so‘mdan 30,9 mlrd. so‘mga oshdi, 2024-yilda 1 tasi yangi qurilgan bo‘lsa, 1 tasi rekonstruksiyadan chiqarildi. Joriy 2025-yilda Guliston shahrida “Boks saroyi” binosini yangidan qurish va 3 ta mavjud obyektlarni rekonstruksiya va mukammal ta’mirdan chiqarish rejalashtirilgan.  

Sohada olib borilgan islohotlar natijasida mamlakatimiz aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 2010-yildagi 72,9 yoshdan 2024-yilda 74,7 yoshga yetdi. 

Yig‘ilishda parlament palatalari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida joylarda aholi orasida keng targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilayotganligi hamda ushbu masala mahalliy Kengashlar sessiyalarida atroflicha muhokama qilib borilayotganligi qayd etildi. 

Shuningdek, viloyatda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida amalga
oshirilayotgan ishlar qizg‘in muhokama qilinib, mutasaddi tashkilot rahbarlarining axborotlari eshitildi.
Muhokamalar yakunida viloyatda sohada uchrayotgan muammolarni hal etish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish, aholi orasida amalga oshiriladigan targ‘ibot-tushuntirish ishlariga keng jamoatchilikni, mahalla
yettiligini, nodavlat, notijorat tashkilotlarni, OAV vakillarini jalb etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Sessiyada viloyatda aholining salomatligini saqlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida mutasaddi tashkilotlar oldida turgan ustuvor vazifalar, shuningdek ushbu vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishga kelishib olindi.  

Slide 1 of 3