Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Muammolar joyida o‘rganilmoqda.

📌20-“Zargarlik” saylov okrugiga biriktirilgan Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi bosh mutaxassisi A.Yakubov hamda “Zargarlik” MFY “yettiligi” aʼzolari va tegishli tashkilot vakillari bilan birgalikda ushbu hududida yashovchi aholi bilan mavjud masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔸Qabul davomi bir qator murojaatlar kelib tushdi. Xususan, fuqaro G.Murodqulovaning BSK to‘lovlari va uy-joy taʼmiri masalasi bo‘yicha murojaati, fuqaro M.Umirovaning ijtimoiy himoyaga muhtojlik va moddiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

🔸Shuningdek, sayyor qabul yakunida kelib tushgan har bir murojaat bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

📲 Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 4