Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

ZAMONAVIY MAXSUS TEXNIKA — SUV TA’MINOTIDA YANGI IMKONIYAT

ZAMONAVIY MAXSUS TEXNIKA — SUV TA’MINOTIDA YANGI IMKONIYAT

Uychi tumanida aholiga sifatli va uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish, suv ta’minoti tizimidagi ishlarni samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasiga «Samsung» rusumli ekskavator topshirildi. Texnika kalitini tuman hokimi soha vakillariga taqdim qildi.

Mazkur maxsus texnikadan suv tarmoqlarida ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyali holatlarni tezkor bartaraf etish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashda samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda.

Slide 1 of 1