Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
YANGIQISHLOQ MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

YANGIQISHLOQ MAHALLASIDA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
👤 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 4-Do‘stlik saylov okrugi deputati Tuychiyeva Dilshoda Daminovna tomonidan Yangiqishloq mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘rganish ishlari tashkil etildi.
🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida ishchi guruh tarkibi shakllantirildi.
👥 Ishchi guruh tarkibiga:
🔹 MFY raisi — Ravshanov Jalil
🔹 Hokim yordamchisi — Ganiyev Olim
🔹 Xotin-qizlar faoli — Bekmurodova Nargiza
🔹 Ijtimoiy xodim — Eshonkulov Islom
🔹 Yoshlar yetakchisi — Bozorova Mavluda kiritildi.
🔎 O‘rganishlar davomida mahalladagi ishsiz va daromadi past oilalarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
📌 Deputatlik nazorati — muammolarni aniqlash, mas’ullar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash va natijadorlikni kuzatishning muhim vositasidir. 🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz!