Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANDI: TOSHKENTDA YUSUF XOS HOJIB BYUSTI OCHILDI

#Qaror_Ijrosi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️KENGASH QARORI IJROSI TA’MINLANDI: TOSHKENTDA YUSUF XOS HOJIB BYUSTI OCHILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yakkasaroy tumanida buyuk davlat arbobi, turkiy xalqlar shoiri va mutafakkiri Yusuf Xos Hojib byustining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev ham ishtirok etdi.

📝 Shu tariqa, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2026-yil 9-fevraldagi VII-19-10-14-0-K/26-sonli “Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida turkiy xalqlar shoiri va mutafakkir Yusuf Xos Hojib byustini o‘rnatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ta’minlandi. Mazkur qaror “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining monumental yodgorliklarni o‘rnatish tartibiga oid 2024-yil 30-maydagi 312-sonli qarori asosida, Yusuf Xos Hojib xotirasini ulug‘lash va uning boy ma’naviy merosini abadiylashtirish maqsadida qabul qilingan edi.

📍 Qarorga muvofiq, mutafakkir byusti Yakkasaroy tumanidagi Yusuf Xos Hojib va Saroybo‘ston ko‘chalari kesishmasidagi aylanma markazida o‘rnatildi. Shuningdek, qarorda belgilangan vazifalarga muvofiq, byust o‘rnatilgan hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilib, maskanning me’moriy qiyofasi yanada yaxshilandi.

📚 Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg‘u bilig” asari orqali adolatli davlat boshqaruvi, ilm-ma’rifat, ezgulik, yuksak axloq va inson kamoloti haqidagi bebaho g‘oyalarni avlodlarga meros qoldirgan.

✅ Buyuk mutafakkir nomi bilan atalgan ko‘chada uning byusti qad rostlagani xalqimizning boy tarixi va ma’naviy merosiga ko‘rsatilgan yuksak ehtirom ifodasidir. Ushbu maskan yosh avlodni ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga, ilm va ma’rifatni qadrlashga hamda Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga chorlab turadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4