Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDAGI TEMIR YO‘L BO‘YICHA XAVFSIZLIK MASALASI YUZASIDAN RASMIY JAVOB OLINDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “BOYQO‘RG‘ON” MAHALLASIDAGI TEMIR YO‘L BO‘YICHA XAVFSIZLIK MASALASI YUZASIDAN RASMIY JAVOB OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sadriddin Turabjanovning Yashnobod tumani “Boyqo‘rg‘on” mahallasidagi Temiryo‘l ko‘chasining temir yo‘lga tutash qismida aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Sadriddin Turabjanov tomonidan “Boyqo‘rg‘on” mahallasi aholisining murojaatlari asosida Temiryo‘l ko‘chasining temir yo‘lga tutash qismida muhofaza to‘siqlarini o‘rnatish, Salor stansiyasining 3365-kilometr 2–10-piketlari oralig‘iga muhofaza panjarasi o‘rnatish hamda 3365-kilometr 6-piketdagi piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash masalalari ko‘tarilgan edi.

🔎 Rasmiy javobga ko‘ra, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi tomonidan o‘rganib chiqilgan. O‘rganish natijasida so‘rovda ko‘rsatilgan manzillar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufida ekani aniqlangan.

🚉 Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazining xulosasida temir yo‘l infratuzilmasining muhofaza hududlarini saqlash, temir yo‘l yo‘nalishlari bo‘ylab muhofaza panjaralarini o‘rnatish, shuningdek, temir yo‘l hududidagi piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash va saqlash tegishli temir yo‘l infratuzilmasidan foydalanuvchi tashkilot vakolatiga kirishi qayd etilgan.

⚠️ Shu sababli Salor stansiyasining 3365-kilometr 2–10-piketlari oralig‘iga muhofaza panjarasi o‘rnatish, 3365-kilometr 6-piketdagi piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash hamda uchastkaning bir tomoniga avval o‘rnatilgan muhofaza panjarasining asoslarini aniqlashtirish masalalarini bevosita hal etish Toshkent shahar hokimligi vakolatiga kirmasligi ma’lum qilingan.

🤝 Shu bilan birga, Toshkent shahar Yo‘l harakatini tashkil etish markazi bosh direktori X. Qodirov tomonidan fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli temir yo‘l tashkilotlari bilan hamkorlikda masalani ko‘rib chiqish hamda o‘z vakolatlari doirasida amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyati mavjudligi bildirilgan.

📋 O‘rganish yakuniga ko‘ra, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan muhofaza panjaralarini o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash va temir yo‘l hududida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ko‘rib chiqish hamda qonunchilikda belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘rish maqsadga muvofiq deb topilgan.

🔺 “Boyqo‘rg‘on” mahallasining temir yo‘lga tutash hududida fuqarolar, ayniqsa bolalar va piyodalarning xavfsizligini ta’minlash, muhofaza to‘siqlarini o‘rnatish va piyodalar yo‘lakchasini ta’mirlash bo‘yicha ko‘tarilgan masalalarning vakolatli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilishi deputat Sadriddin Turabjanov tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1