Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
CHINOZDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA

📌 Chinoz tumani hokimi, xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sh. Salixov tomonidan Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan navbatdagi ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi.
🤝 Qabulda tuman sektor rahbarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
📋 Fuqarolarning murojaatlari asosan:
🔹 uy-joy masalalari;
🔹 aholi bandligini ta’minlash;
🔹 kadastr bilan bog‘liq muammolar;
🔹 tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minoti;
🔹 sog‘liqni tiklash;
🔹 oilaviy nizolar hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid bo‘ldi.
✅ Qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etadigan masalalar tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlariga ijrosini ta’minlash yuzasidan topshiriq sifatida yo‘naltirildi.

📌 Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.