Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

🔺Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov tumandagi «Iftixor» MFYni «Yangi O‘zbekiston» qiyofasidagi, zamonaviy va obod mahallaga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Mahalla hududidagi ichki xo‘jalik avtomobil yo‘llarini asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun 3 mlrd. 680 mln. so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

🔺Ayni paytda belgilangan hududlarda yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda. Joylarda ishning borishi, qurilish sifati va belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi holati ko‘zdan kechirildi.

🔺Mazkur obodonlashtirish ishlari natijasida mahalla ichki yo‘llarining holati yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratiladi.

Mas’ullarga amalga oshirilayotgan ishlarni sifat talablariga qat’iy rioya qilgan holda olib borish, belgilangan vazifalarni o‘z muddatida  yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4