Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova tomonidan “Deputat mahallada” loyihasi doirasida “Billur” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar, mahalladagi mavjud muammolar hamda ularni hal etish yuzasidan taklif va murojaatlar tinglandi.

✍️Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, ularni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

⚖️Qonunchilik asosida: Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonuni asosida amalga oshirilmoqda. Qonunga muvofiq, deputat saylovchilar bilan muntazam aloqa o‘rnatishi, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqishi hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘rishi lozim.

✅Deputatlik nazorati doirasida aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlarini manzilli o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1