Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
#_kotibiyat_faoliyati KUNLIK VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

#_kotibiyat_faoliyati
KUNLIK VAZIFALAR BELGILAB OLINDI


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi kotibiyat mudiri M.Ashurov tomonidan kotibiyat xodimlari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kotibiyat faoliyatini yanada samarali tashkil etish, kunlik ishlarni to‘g‘ri rejalashtirish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibida kotibiyat xodimlari tomonidan kun davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, murojaatlar bilan ishlash, hujjatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va tegishli tartibda rasmiylashtirish, Kengash faoliyatiga oid topshiriqlarning ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, har bir xodimning o‘ziga biriktirilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishi, ish jarayonida belgilangan muddatlarga rioya qilishi hamda xizmat vazifalarini sifatli tashkil etishi yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1