Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

OBODLIK — KUNDALIK ISH VA MAS’ULIYAT

Oqoltin tumanida hududlarni obodonlashtirish, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati — Oqoltin tuman hokimi X. Suvonov boshchiligida A-373 avtomobil yo‘li bo‘yida obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borilmoqda. Jarayon davomida yo‘l bo‘ylari chiqindilardan tozalanib, mavjud yashil hududlar tartibga keltirilmoqda.

Bunday amaliy ishlar hududning sanitariya va obodonlik holatini yaxshilash, aholi va yo‘lovchilar uchun yanada qulay hamda ko‘rkam muhit yaratishga xizmat qiladi. Tuman hududida tozalik va obodlikni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7