Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
📝 DEPUTAT SO‘ROVI

📄 149-ds-448-26-son
📍 Shovot tumani
Shakarmomo qabristoni yo‘lini obodonlashtirish
Kimga:
Shovot tumani Obodonlashtirish Boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari
M. Qurbanovga
1. 📍 Muammo joylashuvi
Beshchiqir mahallasi, Obi hayot ko‘chasi,
Shakarmomo qabristoniga olib boruvchi yo‘l va qabristonning ichki hududi.
2. 🌧 Asosiy muammo
Yomg‘irli mavsumlarda fuqarolarning yurib-qaytishi uchun noqulay sharoit yuzaga kelmoqda.
3. 🛣 Talab
Yo‘lga va qabriston ichki qismiga shag‘al (shpes) yotqizish,
hududni obodonlashtirish zarur.
4. ✅ So‘rov
Joyiga chiqqan holda o‘rganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish
va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raladi.
5. ⏰ Muddat
Javob so‘rov olingan kundan e’tiboran 10 kun ichida yuborilishi shart
(Qonunning 8-moddasi).
📌 Eslatma:
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 193-moddasiga ko‘ra,
deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki muddatlarni buzish
jarima solishga sabab bo‘ladi.
Deputat
POLVONOVA ZEBO OMONBOYEVNA
📞 91-421-17-37
💙 Xalq manfaatları yo‘lida birgalikda!