Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Siddiqov hamda Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Xonimqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, «Tashabbusli budjet» loyihasida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi bilan tanishdilar. Ma’lumki, mazkur loyiha «Tashabbusli budjet» jarayonida g‘oliblar qatoriga kira olmagan. Shunga qaramay, loyihaning ijtimoiy ahamiyati, aholi murojaatlari va mavjud muammoning dolzarbligidan kelib chiqib, uni deputat tanlovi asosida qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati F. Bobobekov tomonidan 21-Jarbuloq saylov okrugidagi mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, atroflicha o‘rganildi.Bildirilgan har bir murojaatning mazmun-mohiyati tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi hamda erishilgan natijalar doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.
26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida sharoitlar va qishga tayyorgarlik o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida 15-Zuhro saylov okrugi hududidagi ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, kotibiyat mudiri A. Ermatov, deputatga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Yakubova hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassisi M. Sheraliyev hamrohligida 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida muassasaning faoliyati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Muassasa mudirasi N. Radjiyeva ma’lumotiga ko‘ra, 360 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotida 60 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratilgan.

Mazkur muassasa 2021-yilda mukammal ta’mirdan chiqarilgan. Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida mavjud ayrim muammolar ham aniqlanib, ularni bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

Xususan, qish mavsumida muassasani barqaror issiqlik bilan ta’minlash masalasida 2 ta qozonning nosozligi aniqlandi. Shuningdek, oshxonaga kirish qismidagi foye tom qismini yangilash zarurati mavjud. Ushbu qismda yomg‘ir suvlari o‘tishi kuzatilayotgani sababli tom qoplamasini ta’mirlash masalasiga e’tibor qaratish lozim.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, avvalo, tarbiyalanuvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini muammosiz o‘tkazish nuqtayi nazaridan muhimdir.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur masalalarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 10