O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aholini kambag‘allikdan chiqarish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Romitan tumanida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, 10-Chilong'u saylov okrugidan saylangan deputat Bozorov Mirshod tashabbusi bilan Romitan tumani Chelong‘u MFYda yashovchi, 7-bosqich “Ayollar daftari”ning uy-joy ta’miri yo‘nalishi bo‘yicha 3-toifaga kiritilgan Tilloyeva Sojidaga amaliy yordam ko‘rsatildi.