O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barqaror ish o‘rinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–193-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
7-Qaxramon saylov okrugi deputati X.Axadov nazoratida Qaxramon MFY hududida ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ko‘maklashish yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etilmoqda.