35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Siddiqov hamda Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Xonimqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, «Tashabbusli budjet» loyihasida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi bilan tanishdilar. Ma’lumki, mazkur loyiha «Tashabbusli budjet» jarayonida g‘oliblar qatoriga kira olmagan. Shunga qaramay, loyihaning ijtimoiy ahamiyati, aholi murojaatlari va mavjud muammoning dolzarbligidan kelib chiqib, uni deputat tanlovi asosida qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati F. Bobobekov tomonidan 21-Jarbuloq saylov okrugidagi mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, atroflicha o‘rganildi.Bildirilgan har bir murojaatning mazmun-mohiyati tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi hamda erishilgan natijalar doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.
AHOLI MUROJAATLARI XONADONBAY O‘RGANILDI

 AHOLI MUROJAATLARI XONADONBAY O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashiga 22-Chilonzor saylov okrugidan saylangan deputat Salomov Saydullo Kamolovich tomonidan saylov okrugi hududidagi Chilonzor mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganishlar davomida aholi xonadonlarida bo‘lib, fuqarolarning ijtimoiy va maishiy muammolari, mavjud ehtiyojlari hamda yechimini kutayotgan masalalari tinglandi.

✅ Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar murojaatlar daftariga qayd etilib, ularni tegishli tartibda o‘rganish va hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilab olindi.

🤝 Deputatning bunday xonadonbay uchrashuvlari aholi bilan bevosita muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4