Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Siddiqov hamda Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Xonimqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, «Tashabbusli budjet» loyihasida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi bilan tanishdilar. Ma’lumki, mazkur loyiha «Tashabbusli budjet» jarayonida g‘oliblar qatoriga kira olmagan. Shunga qaramay, loyihaning ijtimoiy ahamiyati, aholi murojaatlari va mavjud muammoning dolzarbligidan kelib chiqib, uni deputat tanlovi asosida qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati F. Bobobekov tomonidan 21-Jarbuloq saylov okrugidagi mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, atroflicha o‘rganildi.Bildirilgan har bir murojaatning mazmun-mohiyati tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi hamda erishilgan natijalar doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.
🔰Deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati B.Toshpo‘latov tomonidan Jizzax shahrining “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 20-sonli maktabgacha ta‘lim tashkilotida jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔸O‘rganish jarayonida mazkur maktabgacha ta‘lim tashkiloti hududidan yong‘in xavfsizligi talablariga to‘liq rioya etilmagan holda elektr simlari olib o‘tilganligi aniqlandi.
🔸Shu munosabat bilan, MTM hududidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, elektr simlarini amaldagi yong‘in va elektr xavfsizligi talablariga muvofiq tarzda qayta tartibga keltirish, shuningdek, kelgusida ta‘lim tashkiloti hududidan xavfsizlik talablariga zid ravishda elektr simlari olib o‘tilishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilish yuzasidan Jizzax shahar elektr taʼminoti korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Bizni kuzatib boring:👇

🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook

Slide 1 of 2