Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #4_band #23_band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Alpomish” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish holati o‘rganildi

Termiz shahrida aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda oilalarning barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, 14-“Alpomish” saylov okrugidan saylangan deputat A.Choriyev, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Boyqulov, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat xodimlari tomonidan Termiz shahridagi “Alpomish” mahallasida hokim yordamchisi tomonidan kam ta’minlangan oilani qo‘llab-quvvatlash va uning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xususan, fuqaro A.Abramatovaga tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tikuv mashinasi olib berilgani, buning natijasida uning bandligi ta’minlanib, o‘z xonadonida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish va daromad topish imkoniyati yaratilgani ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida fuqaro A.Abramatova yaratilgan sharoitlardan mamnunligini bildirib, tikuvchilik faoliyati orqali kunlik daromad topayotganini ta’kidladi. Bu esa ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashda manzilli yondashuv va amaliy yordamning muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Mazkur jarayon Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlarining 4-bandi — hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari, shuningdek, 23-band — aholi bandligini ta’minlash masalalari doirasida nazorat-tahlil qilindi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisining ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning mavjud imkoniyat va qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda daromad manbaini yaratish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2