Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Navbahor ” mahallalasida deputatlik nazorati:

Navbahor ” mahallalasida deputatlik nazorati:

#Kengash_raisi_faoliyati

Xalq deputatalari Angor tumani Kengashi raisi Qo'zimurodov Abdusalom Javliyevich tomonidan“Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xonadonbay va joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishda davomida Angor tuman hokimining o'rinbosari Jamshid Baxromov hamda Navbahor mahalla yettiligi vakillari ham ishtirok etdi.

Jarayonda davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ishsiz aholini bandlikka jalb etish, kasb-hunar o‘rganish va daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, xonadonlardagi mavjud ijtimoiy va maishiy muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifa va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1