Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati N.Xaitqulov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi va FHDYo organlari hodimlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatilishi holati bilan yaqindan tanishdi.

🔹O‘rganish davomida markazlarda aholiga yaratilgan sharoitlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatchilarga qulayliklar yaratish, navbat tizimi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonining shaffofligi va tezkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔹Fuqarolarga tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni rasmiylashtirish, turli ma’lumotnomalar berish hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, murojaat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

🔹Deputatlar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3