Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Qonunlar ijrosi yuzasidan

O‘zb.Res.ning «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi hamda «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni qishloq xo‘jaligi sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquq va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini qonuniy asosda tashkil etish hamda yer va boshqa resurslardan samarali foydalanishning muhim huquqiy asoslarini yaratadi.
Tuman Kengashi deputati Z.Naxanboyev tomonidan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bilan hamkorlikda Ravot mfyda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, issiqxona tashkil etib, dehqonchilik qilayotgan fuqarolar ishtirokida mazkur qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyat yuritishining huquqiy asoslari, yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari, qonunchilik talablariga rioya etish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Slide 1 of 1