Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI DAVLAT RAHBARI BILAN MULOQOTDA MUHIM TASHABBUSNI ILGARI SURDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi Qiyomova Marjona Murodxo‘ja qizi Davlat rahbari bilan Janubiy Koreya, Seul shahrida
 bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etib, yoshlar uchun muhim bo‘lgan tashabbus va takliflarini bildirdi.
🎓 Qiyomova Marjona Murodxo‘ja qizi o‘zining ilmiy va ta’lim sohasidagi yutuqlari bilan tengdoshlariga munosib namuna bo‘lib kelmoqda. U 2025-yilda Janubiy Koreya Xalqaro sog‘liqni saqlash fondining 100 foizlik grant stipendiyasi sohibasi bo‘lgan.
Hozirda Marjona Qiyomova xalqaro reytingda 42-o‘rinda turuvchi Yonsei universitetida biotibbiyot muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida tahsil olmoqda.
🧬 Biotibbiyot muhandisligi — tibbiyot, biologiya va zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uyg‘unlashtiruvchi istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘lib, ushbu sohada yetuk mutaxassislarni tayyorlash mamlakatimiz tibbiyot va innovatsion texnologiyalar salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
💡 Suhbat davomida Marjona Qiyomova tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanida Yangi O‘zbekistonda ilk marotaba to‘liq moliyalashtiriladigan Milliy biotibbiyot muhandislari dasturini yo‘lga qo‘yish tashabbusi ilgari surildi.
📚 Mazkur tashabbus orqali yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, xalqaro tajribani o‘rganishi hamda biotibbiyot muhandisligi kabi istiqbolli sohalarda malakali mutaxassislar safini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilishi ko‘zda tutiladi.
🌱 Ayniqsa, xorijda tahsil olayotgan va xalqaro tajriba orttirayotgan yoshlarning bilim va salohiyatini O‘zbekiston taraqqiyotiga yo‘naltirish, ularning ilg‘or g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
🏞 Suhbat davomida Toshkent viloyatining Parkent tumani haqida ham fikr yuritilib, tumanning investitsion jozibadorligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda turizm salohiyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida ta’kidlandi.
📈 Parkent tumanining tabiiy, geografik va turistik imkoniyatlari, tadbirkorlik va investitsiya uchun mavjud sharoitlari hududning kelgusidagi rivojlanishi uchun muhim omillardan biri sifatida qayd etildi.
✨ Yoshlarning davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi, o‘z tashabbus va takliflarini yuqori darajada ilgari surishi — Yangi O‘zbekiston yoshlarining bilimli, tashabbuskor va kelajakka intiluvchan avlod sifatida shakllanayotganining muhim ko‘rinishidir.
Qiyomova Marjona Murodxo‘ja qizining xalqaro ta’lim va ilmiy tajribasi, yoshlar bilan ishlashdagi faolligi hamda yangi tashabbuslari Parkent yoshlarining salohiyati va imkoniyatlarini namoyon etuvchi yorqin misollardan biridir.
🌟 Bilimli yosh — yurt kelajagi! Tashabbuskor yosh — taraqqiyot tayanchi!