Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
XALQ MUAMMOSI — DEPUTAT TASHABBUSI — AMALIY NATIJA!

XALQ MUAMMOSI — DEPUTAT TASHABBUSI — AMALIY NATIJA!
👍 Deputatning tashabbusi qog‘ozda qolmasa, uning natijasi odamlar hayotida ko‘rinadi.
👍 Pastdarg‘om tumanida bir nechta deputatlarning tashabbuslarida aynan shu jihat yaqqol ko‘zga tashlanadi.
🔹 Ochilov Bahodir — Qo‘shchinor MFY Qarg‘ish bobo qabristoni atrofi beton devor bilan o‘raldi hamda ayvon qurildi. Qo‘shchinor ko‘chasidagi 52 ta xonadonga toza ichimlik suvi o‘tkazildi, Qora ariq qishlog‘ida futbol maydoni tashkil qilindi.
🔹 Nurmamatova Sadoqat — Nayman mahallasi Mirtemir ko‘chasida ikki yil avval yangi transformator o‘rnatilgan, biroq shu kungacha ulanmagan edi. Mahalla aholisini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi chiqarilib, tegishli ishlar amalga oshirildi.
🔹 Turaev Feruz — Mirzo Ulug‘bek mahallasi fuqarosi Jo‘rayeva Gulmeraga (II guruh nogironi, ijtimoiy reyestrda turadi, 5 nafar farzandning onasi) OTM to‘lov kontraktini to‘lashda amaliy yordam berildi.

Slide 1 of 1