Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi

Guliston mahallasida ijtimoiy himoya va bandlik masalalari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 11-Guliston saylov okrugi deputati O'.Rajabov hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Toahboyev tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganishlar davom ettirildi.

Navbatdagi o‘rganish Guliston mahallasida aholining ijtimoiy himoyasi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish ko'zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan individual ishlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Aniqlangan masalalar deputatlik nazoratiga olinib, ularning ijrosi yuzasidan monitoring olib borilishi belgilandi.