Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
DEPUTAT QABULIDA: FUQARONING TADBIRKORLIK TASHABBUSI QO‘LLAB-QUVVATLANDI

DEPUTAT QABULIDA: FUQARONING TADBIRKORLIK TASHABBUSI QO‘LLAB-QUVVATLANDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.Turayev tomonidan G‘ulakandoz MFY fuqarosi Xusainov Otabek murojaati yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Murojaat davomida fuqaro tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida ekanligini bildirib, ushbu yo‘nalishda huquqiy maslahat va amaliy tavsiyalar olish uchun deputatga murojaat qildi.
Deputat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqaroning tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Deputatning asosiy vazifasi — fuqaroni tinglash, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammosining amaliy yechimiga ko‘maklashishdir.