Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
Doimiy komissiyaning namunaviy qarorlari keng yoritildi

Doimiy komissiyaning namunaviy qarorlari keng yoritildi

Hafta davomida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalarining namunaviy qarorlariga oid 4 ta axborot posti rasmiy ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilindi.

Mazkur postlarda:

🔹 doimiy komissiyalar tomonidan qabul qilingan namunaviy qarorlarning mazmun-mohiyati;

🔹 ularning amaliy ahamiyati va qo‘llanish tartibi;

🔹 Kengash faoliyatida qonunchilik talablarini ta'minlashdagi o‘rni;

🔹 qarorlarning ijrosini samarali tashkil etishga doir tavsiyalar keng jamoatchilikka yetkazildi.

Namunaviy qarorlarni muntazam yoritish orqali deputatlar, mas'ul tashkilotlar hamda fuqarolarning Kengash faoliyati va qabul qilinayotgan hujjatlar yuzasidan xabardorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.