Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nurafshon MFY Bolg‘oli qishlog‘ida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Maktabdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
QOROVULTEPA MAHALLASIDA ZAMONAVIY SPORT ZALI QURILADI

 QOROVULTEPA MAHALLASIDA ZAMONAVIY SPORT ZALI QURILADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan yoshlar va o‘quvchilar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish maqsadida mablag‘ ajratildi.
📍 Qorovultepa hududidagi 66-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida yangi sport zali qurilishi rejalashtirilgan.
🔹 Ajratilgan mablag‘: 1 mlrd 600 mln so‘m
🔹 Moliyalashtirish manbasi: Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi
🔹 Buyurtmachi: “Samarqand viloyati hokimligi ‘Yagona buyurtmachi xizmati’” DUK
🔹 Asos: loyiha-smeta hujjatlari
🔹 Amalga oshirish: tender asosida
🏆 Yangi sport zali o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarning jismoniy salohiyatini oshirish uchun keng imkoniyat yaratadi.
🇺🇿 Fuqarolar tashabbusi — sog‘lom avlod va yoshlar kelajagi uchun yaratilayotgan yangi imkoniyat!