35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat yoshlar tadbirida ishtirok etdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi
янв.21
Lalmikor mahallasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan 2-sonli oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
2-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat aholi bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Siddiqov hamda Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Xonimqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, «Tashabbusli budjet» loyihasida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi bilan tanishdilar. Ma’lumki, mazkur loyiha «Tashabbusli budjet» jarayonida g‘oliblar qatoriga kira olmagan. Shunga qaramay, loyihaning ijtimoiy ahamiyati, aholi murojaatlari va mavjud muammoning dolzarbligidan kelib chiqib, uni deputat tanlovi asosida qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati F. Bobobekov tomonidan 21-Jarbuloq saylov okrugidagi mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, atroflicha o‘rganildi.Bildirilgan har bir murojaatning mazmun-mohiyati tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi hamda erishilgan natijalar doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.
TOSHKENT MAHALASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

 TOSHKENT MAHALASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Tillayeva, viloyat Kengashi
deputati M.Sayfidinova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov tomonidan
Toshkent mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining aholi bandligini
ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati
o‘rganildi.
 

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisining amaliy ko‘magida stol-stullar
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkor H.Ergashevning faoliyati tahlil
qilindi.
 

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni, yaratilgan imkoniyatlardan
foydalanish holati hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istiqbollari
o‘rganildi.
 

Tayyor mahsulotlarni ichki bozorga chiqarish va sotuv hajmini kengaytirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud imkoniyatlar tahlil qilindi.
 

O‘rganish
davomida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish
hajmini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orqali aholi bandligini
ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi va tavsiyalar berildi.
 

Aniqlangan
masala “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi hamda uni bartaraf
etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish zarurligi belgilandi.
  

Slide 1 of 4