35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Sarbozor mahallasi faollari hamda nuroniylar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahallaning bugungi holati, aholini o‘ylantirayotgan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimini topish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat davomida nuroniylar va mahalla faollari o‘z taklif hamda mulohazalarini bildirib, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay sharoit yaratish, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar.Sh. Umarov bildirilgan fikr va takliflarni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash muhimligini qayd etdi.
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R. Siddiqov hamda Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Xonimqo‘rg‘on mahallasida bo‘lib, «Tashabbusli budjet» loyihasida yetarli ovoz to‘play olmagan, biroq aholi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi bilan tanishdilar. Ma’lumki, mazkur loyiha «Tashabbusli budjet» jarayonida g‘oliblar qatoriga kira olmagan. Shunga qaramay, loyihaning ijtimoiy ahamiyati, aholi murojaatlari va mavjud muammoning dolzarbligidan kelib chiqib, uni deputat tanlovi asosida qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari G‘allaorol tumani Kengashi deputati F. Bobobekov tomonidan 21-Jarbuloq saylov okrugidagi mahallalar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari, murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, atroflicha o‘rganildi.Bildirilgan har bir murojaatning mazmun-mohiyati tahlil qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi. Deputat tomonidan fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishi hamda erishilgan natijalar doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida G‘allaorol tumanida nogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan fuqarolarga ta’lim, tibbiy, ijtimoiy hamda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yaratilayotgan sharoitlar muhokama qilindi. Tumanda 5 855 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs mavjud. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun 2 ta “Kunduzgi parvarish markazi” va “Yangi kun” xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 16 ta maktabda korreksion sinflar tashkil etilgan. Xatlovda 180 nafar alohida ta’lim ehtiyojiga ega bola aniqlanib, uy ta’limidagi 80 nafar boladan 9 nafari umumta’lim maktablariga jalb etilgan. Shuningdek, tibbiy xizmatlardan foydalanish va to‘siqsiz harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Yig‘ilish yakunida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida G‘allaorol tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2026-yil davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.Hisobot davrida 38 532 ta xonadonda profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilib, 212 ta uchrashuvda 7 230 nafar fuqaro qamrab olingan. Yong‘in xavfsizligi yo‘nalishida esa 193 ta davlat obyekti va 109 ta tadbirkorlik subyekti o‘rganilib, aniqlangan 4 647 ta kamchilikning 3 464 tasi bartaraf etilgan.Yig‘ilish yakunida deputatlar tomonidan mas’ullarga savollar berilib, tegishli javoblar olindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida G‘allaorol tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. 2026-yilda 907 gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 596 gektari foydalanishga kiritildi. Shuningdek, 830 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilib, amalda 815 gektarda ushbu texnologiyalar o‘rnatildi. Yig‘ilish yakunida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, takroriy ekinlardan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
янв.21
Xabarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zulayho Akramova tomonidan tumanning Ko‘k buloq QFY hududidagi 54-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida birinchi mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalarning amalga oshirilish holati o‘rganilgani qayd etilgan. Shuningdek, ikkinchi mavsumda aholining kundalik hayoti va hudud rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan loyihalar fuqarolarning taklif va manfaatlari asosida tahlil qilingani haqida ma’lumot berilgan.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Z. Akramova va R. Siddiqov, Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi deputatlari K. Usmonov, M. Boboyeva va B. Qorajonov ishtirokida G‘allaorol tumani Olimlar MFY hududidagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi. 🏫 Tashrif davomida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 120 o‘rinli qo‘shimcha bino va 150 o‘rinli oshxona qurilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
SAYROB MAHALLASIDA «MAHALLA YETTILIGI» FAOLIYATI O‘RGANILDI

 SAYROB MAHALLASIDA «MAHALLA YETTILIGI» FAOLIYATI O‘RGANILDI

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi 20-Sayrob saylov okrugi deputati B.Vohidova tomonidan saylov okrugidagi «Sayrob» mahallasida «mahalla yettiligi» faoliyati o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan manzilli ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📊 Mahallada 4 045 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 300 ta oila ijtimoiy reestrga, 20 ta oila Kambag‘allik reestriga kiritilgan. Mahallada 47 nafar ishsiz fuqaro mavjud bo‘lib, aholini tadbirkorlikka jalb qilish va daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

🤝 Shuningdek, mahallada hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy va soliq inspektori faoliyati, ularning o‘zaro hamkorligi hamda aholi muammolarini hal etishdagi ishtiroki o‘rganildi. Hujjatlarga ko‘ra, ijtimoiy xodim va soliq inspektori lavozimlari bo‘yicha vakant holat mavjudligi ham qayd etilgan.

📌 Mahallada 16 km ichki yo‘l, 3 ta ko‘prik mavjud bo‘lib, ularning ayrim qismlari ta’mirga muhtoj. Shuningdek, ichimlik suvi ta’minoti, elektr tarmoqlari va boshqa infratuzilma masalalari ham o‘rganildi.

✍✍✍ Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, «mahalla yettiligi» faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish va muammolarni joyida hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4