Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Eshbayev, Kengash deputati Y.Jo‘rayev, MFY raisi T.Ro‘ziqulov, mahalladagi hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli tomonidan “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan mahalladagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida amalga osirilayotgan loyiha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan 150 million so‘m mablag‘ga mahalladagi xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida 20 dona tikuv mashinka hamda 6 dona averlok apparatlari olib kelinganligi va o‘rnatilayotganligi aniqlandi.